Aleksandr Volkov UFC bilan yangi shartnoma imzoladi
Aleksandr Volkov bir nechta jang uchun mo‘ljallangan yangi UFC shartnomasini imzoladi, menejeri esa chempionlik jangi bo‘yicha muzokaralar boshlanganini aytdi.

Aleksandr Volkov UFC bilan bir nechta jang uchun mo‘ljallangan yangi shartnomaga imzo chekdi. Uning menejeri Ivan Bannikovning so‘zlariga ko‘ra, yangi shartnoma avvalgisidan yaxshiroq.
Bannikov hozirning o‘zidayoq Volkov uchun chempionlik jangi borasida muzokaralar olib borilayotganini ma’lum qildi.
Volkov og‘ir vazn toifasida UFC reytingida 2-o‘rinda turadi. Uning rekordi 41 ta g‘alaba va 11 ta mag‘lubiyatdan iborat. Oxirgi jangida, 24-oktabr kuni UFC 333 doirasida Rizvan Kunievni ochkolar bo‘yicha bir ovozdan yengib chiqqan.
Manba






