Brian Ortega MMA’dan ketishini e’lon qildi
Brian Ortega UFC Qatar turnirida Dan Hookerdan mag‘lub bo‘lgach, professional faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

Amerikalik jangchi Brian Ortega UFC Qatar turnirida Dan Hookerga qarshi jangda mag‘lubiyatga uchragach, professional MMA faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Jang 21-noyabr kuni Dohadagi ABHA Arenada bo‘lib o‘tdi.
Jangdan so‘ng Ortega qo‘lqoplarini oktagonga tashlab, MMA olami bilan xayrlashdi. 35 yoshli Ortega yengil vazn toifasida chiqqan va «T-City» laqabi bilan tanilgan. Uning grappling mahorati, jangovar xarakteri va unutilmas to‘qnashuvlari muxlislar orasida katta e’tirof topgan.
Raqibi Dan Hooker, «The Hangman» laqabli, 36 yoshli Yangi Zelandiyalik jangchi.
Manba







