Charlz Oliveyra sevgilisi Vitoriya Brum bilan rasman turmush qurdi
UFC yengil vazn jangchisi Charlz Oliveyra sevgilisi Vitoriya Brum bilan rasman nikohdan o‘tdi.

UFC yengil vazn toifasi jangchisi Charlz Oliveyra sevgilisi Vitoriya Brum bilan rasman turmush qurdi. Juftlik 2023-yildan buyon birga.
Juftlikning 2024-yil oktabr oyida Dominik ismli o‘g‘li dunyoga kelgan. Oliveyraning avvalgi nikohidan, 2017-yilda Talita Roberta bilan bo‘lgan turmushidan, Teyla ismli qizi bor.
Oliveyra BMF kamari sohibi bo‘lib, UFC yengil vazniga oid reytingda 3-o‘rinda turadi.
Manba






