UFC

Konor Makgregor oyoqlari to‘liq sog‘ayganini aytdi

Konor Makgregor oyoqlari to‘liq tiklanganini va tez orada qaytishini, sport olamini yana hayratda qoldirishini aytdi.

Jang Vaqti1 daq. o‘qish

Konor Makgregor oyoqlari to‘liq sog‘ayganini aytdi
Surat: Telegram · @Jangvaqti

Konor Makgregor oyoqlari to‘liq sog‘ayganini ma’lum qildi. U oyoqlari endi ikkita buzilmas qal’adek mustahkam ekanini, raqibning boshiga kuchli zarba berishga tayyor ekanini aytdi.

Makgregor tez orada ringga qaytishini va sport olamini yana hayratda qoldirishini va’da qildi. Qaytish uchun aniq sana yoki raqib haqida ma’lumot berilmagan.

UFCda veltervayt divizionida chiqadigan Makgregorning rekordi 22 ta g‘alaba, 7 ta mag‘lubiyat va 0 ta durangdan iborat.

Manba
0

Izohlar

Sportchilar

Yana o‘qing