UFC

Daniel Kormye: Pereyra Pavlovichga yutqazsa ham, chempionlik jangiga loyiq

Daniel Kormye Aleks Pereyra Pavlovichga yutqazsa ham, unga darhol chempionlik jangi berilishi kerakligini aytdi.

Jang Vaqti1 daq. o‘qish

Daniel Kormye: Pereyra Pavlovichga yutqazsa ham, chempionlik jangiga loyiq
Surat: Telegram · @Jangvaqti

UFCning sobiq ikki vazn toifasidagi chempioni Daniel Kormye Aleks Pereyraning kelajagi haqida fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Pereyra og‘ir vazndagi Pavlovich bilan jangda yutqazsa, u yarim og‘ir vaznga qaytadi va Kormyening fikricha, unga darhol chempionlik jangi berilishi kerak.

Kormye, shuningdek, Pereyraning og‘ir vazndagi rejasi amalga oshmasa, uning oldida hech kimga imkoniyat berilmasligini aytdi.

UFC reytingiga ko‘ra, Pereyra yarim og‘ir vaznda 1-o‘rinda, og‘ir vaznda esa 3-o‘rinda turadi. Pavlovich og‘ir vaznda 4-o‘rinda qayd etilgan.

Manba
0

Izohlar

Sportchilar

Yana o‘qing