Dana Uayt Shon Striklendning shartnomadan norozi bo‘lishiga javob berdi
UFC prezidenti Dana Uayt Shon Striklendning UFC bilan shartnomasidan norozi ekani haqidagi fikrlarga keskin javob qaytardi.

UFC prezidenti Dana Uayt Shon Striklendning UFC bilan tuzilgan shartnomadan norozi ekani haqidagi fikrlarga keskin javob qaytardi. U Striklend nima deb o‘ylashi UFC uchun ahamiyatga ega emasligini aytdi.
Dana Uayt Striklend haqida gapirib, uning doimo biror narsadan norozi bo‘lishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sportchi may oyida yangi shartnoma imzolagan. Agar u eski shartnoma bilan bir-ikki yil davomida ishlaganida, vaziyat boshqacha bo‘lishi mumkin edi, deb qo‘shimcha qildi.
Oldin Striklendning gonorarlar kamligi va ketma-ket jarohatlar sabab MMA’dan ketishni o‘ylayotgani haqida xabar berilgan edi. Striklend o‘rta vazn toifasida chiqish qiladi, uning professional rekordi esa 31-7-0 ni tashkil etadi.





