Dyubua Parkerga qarshi WBO kamarini himoya qiladi
Daniyel Dyubua og‘ir vazn toifasida WBO kamarini 2027-yil 30-yanvarda Jozef Parkerga qarshi himoya qiladi.

Og‘ir vazn toifasida WBO jahon chempioni Daniyel Dyubua o‘z kamarini sobiq jahon chempioni Jozef Parkerga qarshi himoya qiladi. Jang 2027-yil 30-yanvarda Angliyaning Manchester shahrida bo‘lib o‘tadi.
Daniyel Dyubua hozirgi paytda 24 ta g‘alaba, 3 ta mag‘lubiyat va 23 ta nokaut bilan chiqmoqda. Jozef Parkerning rekordi 36 ta g‘alaba, 4 ta mag‘lubiyat va 24 ta nokautdan iborat.
Jang “New Year’s Retribution” shou dasturi doirasida bo‘lib o‘tadi, uni DAZN namoyish etadi.
Manba







