Boks

Fyurining rafiqasi bokschining ruhiy salomatligi haqida gapirdi

Paris Fyurining aytishicha, Tayson Klichko bilan jangdan so‘ng yurak xurujiga gumon qilinib shifoxonaga yotqizilgan, keyinchalik unga shizofreniya tashxisi qo‘yilgan.

Jang Vaqti1 daq. o‘qish

Fyurining rafiqasi bokschining ruhiy salomatligi haqida gapirdi
Surat: Telegram · @Jangvaqti

Tayson Fyurining rafiqasi Paris bokschining ruhiy salomatligi haqida gapirdi. Uning aytishicha, Vladimir Klichko bilan jangdan so‘ng Tayson yurak xurujiga gumon qilinib, shifoxonaga yotqizilgan.

Parisning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha davrda bokschi illyuminatlar uni o‘ldirmoqchi ekaniga ishongan, radio orqali tahdidlar eshitganini va zaharlangan deb o‘ylagan. Keyinchalik Fyuriga shizofreniya tashxisi qo‘yilgan.

Tayson Fyuri BOKS tashkilotida og‘ir vazn toifasida 36 ta g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat va 1 ta durrang natijaga ega bo‘lib, reytingda 4-o‘rinda turadi.

Manba
0

Izohlar

Sportchilar

Yana o‘qing