Ismael Bonfim UFC'dan chetlatildi
Braziliyalik jangchi Ismael Bonfim vazn o‘lchashda belgilangan limitdan oshib ketgach, Fransisko Pradoga mag‘lub bo‘lib, UFC bilan xayrlashdi.

Braziliyalik jangchi Ismael Bonfim UFC bilan xayrlashdi. O‘tgan hafta oxirida u vazn o‘lchash marosimida belgilangan limitdan 3,4 kg og‘ir chiqdi. Shundan so‘ng Fransisko Prado bilan jangda birinchi raunddayoq texnik nokaut bilan mag‘lub bo‘ldi.
Bu Bonfim uchun UFCdagi ketma-ket to‘rtinchi mag‘lubiyat bo‘ldi. Jangchining professional rekordi 20 ta g‘alaba, 7 ta mag‘lubiyat va durangsiz (20-7-0) hisoblanadi. U yengil vaznda chiqib kelgan edi.
Manba





