Boks

Bahodir Jalolov Deontey Uaylder bilan jang qilishi mumkin

Xabarlarga ko‘ra, Jay Opetaya jarohat tufayli 11-dekabrdagi jangdan chiqqan, uning o‘rniga Bahodir Jalolov nomzodi ko‘rib chiqilmoqda.

Jang Vaqti1 daq. o‘qish

Bahodir Jalolov Deontey Uaylder bilan jang qilishi mumkin
Surat: Telegram · @Jangvaqti

Ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder bilan jang o‘tkazishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, Uaylder 11-dekabr kuni Jay Opetayaga qarshi ringga chiqishi rejalashtirilgan edi, ammo Opetaya jarohat sabab jangdan chiqqan. Uning o‘rniga Jalolov nomzodi ko‘rib chiqilmoqda. Hozircha Jalolov — Uaylder jangi rasman tasdiqlanmagan.

Uaylder BOKS promotsiyasida og‘ir vazn bo‘yicha 9-o‘rinda turadi. Uning professional rekordi 45 ta g‘alaba, 4 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang bo‘lib, 43 ta g‘alaba nokaut bilan qo‘lga kiritilgan. Opetaya esa BOKS kruyservt vazni chempioni bo‘lib, rekordi 31 ta g‘alaba va mag‘lubiyatsiz, shundan 24 tasi nokaut bilan.

Manba
0

Izohlar

Sportchilar

Yana o‘qing