Kabayel Xisa bilan Dyusseldorfda 55 ming muxlis qarshisida ringga chiqadi
28-noyabr kuni Dyusseldorfda Agit Kabayel va Nelson Xisa o‘rtasida jang bo‘lib o‘tadi. Stadiondagi barcha chiptalar sotilgan.

28-noyabr kuni Germaniyaning Dyusseldorf shahrida Agit Kabayel va Nelson Xisa o‘rtasidagi jang bo‘lib o‘tadi. Jang Merkur Spiel-Arena stadionida bo‘lib, 55 ming muxlis kutilmoqda. Stadiondagi barcha chiptalar sotilgan.
Agit Kabayel 27 ta professional jangda 27 ta g‘alaba qozongan, shulardan 19 tasi nokaut bilan yakunlangan. BOKS promotsiyasi og‘ir vazn reytingida u 2-o‘rinda turadi.
Jang 2015-yilda Tayson Fyuri Vladimir Klichkoni mag‘lub etganidan buyon Germaniyada eng ko‘p tomoshabin tashrif buyuradigan boks jangi bo‘lishi kutilmoqda. Kabayelning o‘zi dastlab stadionni to‘liq to‘ldira olishiga ishonmagan edi.
Manba






