Boks

Agit Kabayel Nelson Xisani ikkinchi raundda mag‘lub etib, WBC kamarini himoya qildi

Agit Kabayel Dyusseldorfda Nelson Xisani ikkinchi raundda to‘xtatdi va WBC kamarining ilk himoyasini o‘tkazdi.

Jang Vaqti1 daq. o‘qish

Agit Kabayel Nelson Xisani ikkinchi raundda mag‘lub etib, WBC kamarini himoya qildi
Surat: Telegram · @Jangvaqti

Germaniyaning Dyusseldorf shahrida bo‘lib o‘tgan boks kechasida Agit Kabayel albaniyalik Nelson Xisani ikkinchi raundda mag‘lub etdi. Xisa jarohat olganidan shikoyat qilgach, uning murabbiylari ringga sochiq tashlab, jangni to‘xtatishdi. Shu tariqa, Kabayel WBC kamarining ilk himoyasini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.

Kabayel professional karerasida 27 ta jangda g‘alaba qozonib, bir marta ham mag‘lubiyatga uchramagan. Ulardan 19 tasi nokaut bilan yakunlangan. BOKS reytingida og‘ir vazn toifasida u ikkinchi o‘rinda turadi. Bu g‘alaba bilan Kabayel kamarni o‘z qo‘lida saqlab qoldi.

Manba
0

Izohlar

Sportchilar

Yana o‘qing