MMA

Xabib Nurmagomedov Jeyk Polning 200 million dollarlik taklifini rad etdi

Jeyk Pol Xabib Nurmagomedovni MMAga qaytarish uchun 200 million dollar taklif qilgani xabar qilindi, Xabib esa taklifni rad etdi.

Jang Vaqti1 daq. o‘qish

Xabib Nurmagomedov Jeyk Polning 200 million dollarlik taklifini rad etdi
Surat: Telegram · @Jangvaqti

Jeyk Pol sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedovni MMAga qaytarish uchun unga 200 million dollar taklif qilgani xabar qilindi. Xabib taklifni rad etdi va nega qaytishi kerakligini, faqat pul uchun jang qilishga hech qanday motivatsiyasi yo‘qligini aytdi.

Jeyk Pol o‘zining yangi loyihasi orqali MMA olamini o‘zgartirish va jangchilar uchun yaxshiroq sharoit yaratish niyatida ekanini aytgan. Ammo Xabib bu taklifga qiziqish bildirmagan.

Suhbat oxirida Jeyk Pol hazillashib Xabibni teykdaun qilishga urinib ko‘rgan.

Xabib Nurmagomedov UFCda yengil vaznda chiqish qilgan. U 2020-yilda Jastin Getjini mag‘lub etib, 29–0 natija bilan faoliyatini yakunlagan.

Manba
0

Izohlar

Sportchilar

Yana o‘qing