Kodi Garbrandt faoliyatini yakunlashni rejalashtirmoqda
UFCning sobiq chempioni Kodi Garbrandt fevralda Klivlendda so‘nggi jangini o‘tkazib, shundan so‘ng sport karerasini yakunlashni rejalashtirmoqda.

UFCning sobiq chempioni Kodi Garbrandt fevral oyida Klivlendda bo‘lib o‘tadigan turnirda amaldagi shartnomasi bo‘yicha so‘nggi jangini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Shundan so‘ng u sport faoliyatini yakunlashni niyat qilgan.
Hozircha uning raqibi noma’lum. Biroq Garbrandt Ti Jey Dillashouni ideal variant deb hisoblaydi.
Ti Jey Dillashou UFC bantamvaznida 18 ta g‘alaba, 5 ta mag‘lubiyat va durrangsiz natijaga ega.
Manba






