Liam Paro Devin Xeniga 24 soat muddat qo‘ydi
Liam Paro 19-dekabrdagi jang Devin Xeni VADA antidoping dasturiga 24 soat ichida ro‘yxatdan o‘tmasa, xavf ostida qolishi mumkinligini ma’lum qildi.

Avstraliyalik bokschi Liam Paro raqibi Devin Xeni bilan 19-dekabrda San-Fransiskoda (AQSH) rejalashtirilgan jangi xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi. Paro Xenidan 24 soat ichida VADA antidoping dasturidan ro‘yxatdan o‘tishni talab qildi. Bu talab jangni tashkil etishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Agar Xeni jamoasi talabni bajarmasa, Paro jangdan voz kechishga tayyorligini aytdi.
Devin Xeni esa bu uning VADA nazorati ostidagi ketma-ket 14-jangi bo‘lishini va shu paytgacha 65 dan ortiq doping-testdan muvaffaqiyatli o‘tganini ta’kidladi.
Jang IBF va WBO chempionlik kamarlarini birlashtirish uchun rejalashtirilgan. Xeni rekordi 33-0-0 (15) bo‘lib, u BOKS yengil o‘rta vazni reytingida birinchi o‘rinda turadi. Paro rekordi 28-1-0 (16) bo‘lib, reytingda oltinchi o‘rinda qayd etilgan.






