Islom Maxachev o‘rta vaznga o‘tish ehtimolini inkor etmadi
Islom Maxachev o‘rta vazn toifasiga o‘tish haqidagi fikrlar mavjudligini aytdi, ammo jiddiy rejalar hozircha yo‘qligini ta’kidladi.

Islom Maxachev o‘rta vazn toifasiga o‘tish ehtimolini inkor etmadi. U bu haqda fikrlar borligini, biroq hozircha jiddiy rejalar yo‘qligini bildirdi.
Jangchi o‘rta vaznga o‘tish juda qiyin bo‘lishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror faqat o‘ziga bog‘liq emas, shu sababli masala jamoasi bilan muhokama qilinadi.
Islom Maxachev hozirda UFC’da yengil vazn toifasida chempion hisoblanadi va rekordi 29-1-0 ga teng.
Manba






