Makgregor tizzasidagi jarohatdan so‘ng mashg‘ulotga qaytdi
Konor Makgregor Maks Xolloueyga qarshi UFC 329 jangidan keyin jarohat olgach, yana faol mashg‘ulotlarga qaytdi va navbatdagi maqsadi Xollouey bilan trilogiya jangi ekanini aytdi.

Irlandiyalik jangchi Konor Makgregor tizzasidagi og‘ir jarohatdan so‘ng yana faol mashg‘ulotlarga qaytdi. U o‘z navbatdagi maqsadi UFCda Maks Xolloueyga qarshi trilogiya jangi ekanini aytdi.
2026-yil 11-iyul kuni UFC 329 turnirida Makgregor besh yillik tanaffusdan keyin ilk jangini o‘tkazgan edi. Ammo jang bor-yo‘g‘i 69 soniya davom etdi, Makgregor tizzasidan jarohat olib, jangni davom ettira olmadi. Oradan to‘rt oy o‘tib, u sport zaliga qaytdi.
Makgregorning so‘zlariga ko‘ra, u oyoq pressi va stanova tortish mashqlarini bajarmoqda, tizzasiga yuklama berib kuchini tiklamoqda va tayyorgarlik lageriga hozirlik ko‘rmoqda.
Ularning o‘zaro hisobida hozircha bittadan g‘alaba bor: Makgregor 2013-yilda, Xolloueyning o‘zi esa 2026-yilda ustunlik qilgan. Xollouey hozir UFC yengil vaznida 4-o‘rinda turadi.







