Merab Dvalishvili Tbilisida o‘z MMA akademiyasini ochdi
UFC yulduzi Merab Dvalishvili Tbilisida o‘zining yangi MMA akademiyasini rasman ochdi. Marosimda Aljameyn Sterling ishtirok etdi.

UFC yulduzi Merab Dvalishvili Gruziya poytaxti Tbilisida o‘zining yangi MMA akademiyasini rasman ochdi. Ochilish marosimida UFCning sobiq chempioni Aljameyn Sterling hamda Saba Lazishvili ishtirok etdi.
Saba Lazishvili aynan shu akademiyada mashg‘ulot olib borib, UFCdagi debyutiga tayyorgarlik ko‘radi.
Merab Dvalishvili UFCda bantamvazn toifasida chiqish qiladi va hozirda toifa reytingida birinchi o‘rinda turadi. Uning rekordi 21 ta g‘alaba, 6 ta mag‘lubiyat va durang yo‘q.
Manba







