Maykl Morales Islom Maxachevga murojaat qildi: «Yangi davr yaqinlashmoqda»
Mag‘lubiyatsiz ekvadorlik jangchi Maykl Morales Islom Maxachev bilan jangi uning so‘nggi jangi bo‘lishini va chempionlik kamarini olishni umid qilishini aytdi.

Mag‘lubiyatsiz ekvadorlik jangchi Maykl Morales UFC Español nashriga bergan intervyusida Islom Maxachevga murojaat qilib, «yangi davr yaqinlashmoqda» dedi. U Maxachev bilan jangi uning faoliyatidagi so‘nggi jang bo‘lishini taxmin qildi.
Morales, shuningdek, yosh va mag‘lubiyatsiz jangchi sifatida Maxachevning chempionlik kamarini tortib olishni umid qilishini bildirdi.
Morales UFC welterveyt vaznida 19 ta g‘alabasi va mag‘lubiyatsiz rekordi bilan 3-o‘rinda turadi. Maxachev esa 29-1 rekordi bilan welterveyt vazni chempioni hisoblanadi hamda pound-for-pound reytingida 1-o‘rinda turadi.
Manba







