Navaxo Stirling Josh Hokitni jangga chaqirdi
Mag‘lubiyatsiz Navaxo Stirling Josh Hokitni jangga chaqirib, UFC va Dana Uaytdan bu jangni tashkil qilishni so‘radi.

Mag‘lubiyatsiz yarim og‘ir vazn jangchisi Navaxo Stirling amerikalik Josh Hokitni jangga chaqirdi. Stirling UFC va Dana Uayt’dan bu jangni tashkil qilishni so‘radi.
Hokit avval UFC yarim og‘ir vazn divizionini iste’dodsiz jangchilar yig‘indisi deb atagan va uni «qutqarishga» tayyor ekanini bildirgan edi. Stirling bu gaplarga javob qaytarib, amerikalikning so‘zlarini javobsiz qoldirmadi.
Stirling so‘nggi jangida, 21-noyabr kuni Qatardagi UFC Fight Night tadbirida Irji Proxazkani ikkinchi raundda texnik nokaut bilan mag‘lub etgan edi. Hokit esa 15-noyabrda UFC 334 tadbirida Siril Ganga hakamlarning yakdil qarori bilan yutqazgan.
Manba







