Prochazka Stirlingdan mag‘lub bo‘lgach, muxlislariga murojaat qildi
Chexiyalik jangchi Jiri Prochazka UFC Qatar turnirida Navaxo Stirlingga yutqazganidan so‘ng jangni tahlil qilishini va kuchli bo‘lib qaytishini aytdi.

Chexiyalik UFC jangchisi Jiri Prochazka 21-noyabr kuni Dohada (Qatar) ABHA Arena arenasida bo‘lib o‘tgan UFC Qatar turnirining bosh jangida Navaxo Stirlingga yutqazdi. Mag‘lubiyatdan so‘ng u ijtimoiy tarmoqlarda muxlislariga murojaat qildi.
Prochazka mehmonxonaga qaytgach, unga bir-ikki chok qo‘yilganini aytdi. U raqibini tabriklab, Stirling uni chindan ham yaxshi ushlaganini ta’kidladi. Jangchining fikricha, u taktikaga haddan tashqari e’tibor qaratgan va yetarlicha bosim o‘tkazmagan bo‘lishi mumkin.
Prochazka jangni yana bir bor tahlil qilishini va mashg‘ulotlarga qaytishini bildirdi. U bunday holat takrorlanmasligiga va’da berdi. UFC yengil og‘ir vazn reytingida Prochazka 3-o‘rinda, Stirling esa 7-o‘rinda turadi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Prochazka rekordi 32 ta g‘alaba, 6 ta mag‘lubiyat va 1 ta durrang.







