Shavkat Rahmonov tizza jarohati haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
Shavkat Rahmonov oktagonga qaytishini kechiktirishi mumkin bo‘lgan tizza jarohati haqidagi xabarlarga javob berdi va mashg‘ulotlari yaxshi ketayotganini aytdi.

Qozog‘istonlik jangchi Shavkat Rahmonov 2027-yil yozigacha oktagonga qaytishini kechiktirishi mumkin bo‘lgan navbatdagi tizza jarohati haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Rahmonov o‘z sahifasida “Yana bir haftalik mashaqqatli mashg‘ulotlar ortda qoldi. Har kuni yanada kuchayib boryapman”, deb yozdi.
Rahmonov UFC tarkibidagi yengil o‘rta vazn toifasida chiqish qiladi. Uning professional rekordi 19 ta g‘alaba va mag‘lubiyatsiz 19-0-0 ko‘rsatkichiga ega.
Manba






