UFC

Tompson Maxachevni UFC tarixidagi eng buyuk uch jangchidan biri deb atadi

Stiven Tompson Islom Maxachevni UFC tarixidagi eng buyuk uch jangchi qatoriga kiritdi va uni Habib Nurmagomedovdan yuqori qo‘ydi.

Jang Vaqti1 daq. o‘qish

Tompson Maxachevni UFC tarixidagi eng buyuk uch jangchidan biri deb atadi
Surat: Telegram · @Jangvaqti

Stiven Tompson Islom Maxachevni UFC tarixidagi eng buyuk uch jangchi qatoriga kiritdi. U Maxachevni hatto Habib Nurmagomedovdan ham yuqori qo‘yganini aytdi.

Tompsonning fikricha, Maxachev Habibdan ko‘proq yutuqlarga erishgan. «U yengil vaznda barcha raqiblaridan ustun edi, endi esa yarim o‘rta vaznda ham hukmronlik qilmoqda. Maxachev, shubhasiz, UFC tarixidagi eng buyuk uch jangchidan biri», — dedi Tompson.

Maxachevning rekordi 29-1-0. U UFC pound-for-pound reytingida birinchi o‘rinda turadi va yarim o‘rta vazn chempioni hisoblanadi. Tompson 43 yoshda, uning rekordi 17-9-1. 15-noyabr kuni UFC 334 turnirida u Charlz Radtkni 3-raundda TKO usulida yenggan.

Manba
0

Izohlar

Sportchilar

Yana o‘qing