Sterling Valyexosga yutqazganidan norozi
Aljemeyn Sterling Kevin Valyexosga yutqazgan jangidan norozi ekanini bildirdi va hakamlarga raqib burchagining ta’siri bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Amerikalik jangchi Aljemeyn Sterling Kevin Valyexosga qarshi jang natijasidan norozi ekanini bildirdi. Ikki jangchi 21-noyabr kuni UFC Qatar turnirida to‘qnashgan bo‘lib, hakamlar bir ovozdan Valyexos foydasiga qaror chiqarishgan.
Sterling o‘z fikrida raqibining burchagidagilar har bir aniq zarbadan keyin baqirib, hakamlarning qaroriga ta’sir o‘tkazgan bo‘lishi mumkinligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu safar omad uning tomonida bo‘lmagan. U bundan ham og‘irroq vaziyatlarni boshidan kechirganini qo‘shimcha qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Sterlingning rekordi 26 ta g‘alaba, 5 ta mag‘lubiyat va durrangsiz 26-5-0 ko‘rinishida. U patvazn bo‘yicha UFC reytingida 4-o‘rinda qayd etilgan.






