Boks

Shakur Stivenson Eshton Silva bilan jang bo‘lishi mumkin

The Ring xabariga ko‘ra, Shakur Stivenson va Eshton Silva o‘rtasida jang bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Jang Vaqti1 daq. o‘qish

Shakur Stivenson Eshton Silva bilan jang bo‘lishi mumkin
Surat: Telegram · @Jangvaqti

The Ring nashrining xabariga ko‘ra, mag‘lubiyatsiz amerikalik bokschi Shakur Stivenson va Eshton Silva o‘rtasida jang tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Silvaning promouteri ham bu to‘qnashuvni tashkil etishga qiziqish borligini tasdiqlagan. Stivenson ushbu jang uchun yengil vazn toifasiga qaytishi mumkin.

Biroq Stivensonning oldida yana bir majburiyat bor. WBO tashkiloti uni chempionlik kamarini Raymond Muratalyaga qarshi himoya qilishni buyurgan. Ushbu jang bo‘yicha promouterlik savdolari 30-noyabrga belgilangan.

Stivenson rekordi 25-0 bo‘lib, u 11 ta nokaut bilan g‘alaba qozongan. Muratalya ham 25-0 rekordga ega bo‘lib, uning 17 tasi nokaut bilan yakunlangan.

Manba
0

Izohlar

Sportchilar

Yana o‘qing