Tayson Fyuri «ulkan daydi» iborasi qanday paydo bo‘lgani haqida
Tayson Fyuri mashhur «ulkan daydi» iborasi otasining so‘zi tufayli qanday paydo bo‘lganini aytib berdi.

Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri mashhur «ulkan daydi» iborasi qanday paydo bo‘lganini oshkor qildi. Bir kuni uning otasi televideniyeda kamroq so‘kinishni so‘ragan. Shundan so‘ng Fyuri haqoratli eshitiladigan, ammo texnik jihatdan so‘kinish hisoblanmaydigan iborani o‘ylab topgan.
Shu tariqa «ulkan daydi» Fyurining trash-tokdagi o‘ziga xos tashrif qog‘oziga aylangan. BOKS reytingida og‘ir vazn toifasida u 4-o‘rinda turadi, rekordi esa 36-2-1 (25).
Manba






