UFC

UFC 2027-yilda Toshkentda turnir o‘tkazishi mumkin

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan UFC’ning ichki hujjati ekani taxmin qilinayotgan suratda Toshkentda Humo Arena majmuasida 2027-yilda turnir o‘tkazish rejasi ko‘rsatilgan.

Jang Vaqti1 daq. o‘qish

UFC 2027-yilda Toshkentda turnir o‘tkazishi mumkin
Surat: Telegram · @Jangvaqti

Ijtimoiy tarmoqlarda UFC’ning ichki hujjati ekani taxmin qilinayotgan surat tarqaldi. Unda Toshkentda 2027-yilning uchinchi choragida Humo Arena majmuasida turnir o‘tkazilishi rejalashtirilayotgani ko‘rsatilgan. Hujjat 2026-yil 12-noyabr sanasida tayyorlangan bo‘lib, joyning sig‘imi taxminan 12 500 o‘rin deb berilgan. Hujjatda bu reja “ko‘rib chiqilmoqda” holatida turibdi.

Ro‘yxatda boshqa shaharlar ham bor: Olmaota (2027-yil 1-may, Almaty Arena), Bishkek (2027-yil 4-chorak) va Tbilisi (2027-yil 3-chorak).

Hujjatda yuqori darajadagi mintaqaviy sportchilar sifatida Shavkat Raxmonov va Asu Almabayev nomi ham tilga olingan. Raxmonovning UFC’dagi rekordi 19 ta g‘alaba va mag‘lubiyatsiz. Almabayev esa 21-noyabr kuni UFC Qatar tadbirida Kyoji Horiguchi’dan bir ovozdan qaror bilan mag‘lub bo‘lgan.

Manba
0

Izohlar

Sportchilar

Yana o‘qing