Tayron Vudli Islom Maxachevdan kamarni olib qo‘yishni talab qildi
UFC sobiq chempioni Tayron Vudli Islom Maxachev Karlos Pratesga qarshi jangdan bosh tortgani va boshqa vaznga o‘tgani uchun kamarni olib qo‘yish kerakligini aytdi.

UFC sobiq chempioni Tayron Vudli Islom Maxachevni chempionlik kamaridan mahrum qilishga chaqirdi. Uning fikricha, Maxachev Karlos Pratesga qarshi jangdan bosh tortgani uchun UFC undan kamarni olib qo‘yishi kerak.
Vudli Maxachevni Iliya Topuriyadan qochib, boshqa vaznga o‘tganlikda ham ayblади. U chempion kimni taklif qilishsa, o‘sha bilan jang qilishi kerakligini va bu afsonaviy divizion, Jorj Sen-Pyerning divizioni ekanini ta’kidladi.
Maxachevning navbatdagi raqibi 30-yanvar kuni UFC 336 turnirida Karlos Prates va Maykl Morales o‘rtasidagi vaqtinchalik chempionlik jangida aniqlanadi.
Maxachevning rekordi 29-1-0 bo‘lib, u UFC pound-for-pound reytingida birinchi o‘rinda turadi.











