Tayron Vudli Islam Maxachevni chempionlikdan mahrum qilish kerak, deb aytdi
Sobiq UFC chempioni Tayron Vudli Islam Maxachevning chempionlik kamaridan mahrum qilinishi kerakligini bildirdi.

Sobiq UFC yarim o‘rta vazn chempioni Tayron Vudli Islam Maxachevni chempionlik kamaridan mahrum qilish kerakligini aytdi. Uning fikricha, chempion kutib o‘tirishga haqli emas va kim unga qarshi jangga chiqsa, o‘sha bilan jang qilishi shart.
Vudli o‘zining UFC dagi barcha chempionlik janglariga jarohat bilan chiqqanini ta’kidladi. «Agar jarohat olmagan bo‘lsang, o‘zingni kim deb o‘ylayapsan? Sen hali ham Habibning kichik nusxasisan. Bu divizion afsonaviy tarixga ega. Bu Jorj Sent-Pyerning divizioni!» deb qo‘shimcha qildi u.
Hozirgi vaqtda Maxachev UFC yarim o‘rta vazn chempioni bo‘lib, UFC pound-for-pound reytingida birinchi o‘rinda turadi. Uning rekordi 29-1-0. Vudlining rekordi esa 19-7-1.







