Hamzat Chimayev va Xorxe Masvidal Dubayda grappling jangida uchrashadi
Hamzat Chimayev va Xorxe Masvidal 4-dekabr kuni Dubayda ALF League turnirida faqat taslim qilish orqali g‘alaba beriladigan grappling jangida uchrashadi.

Ikki mashhur UFC jangchisi Hamzat Chimayev va Xorxe Masvidal o‘zaro uchrashuvi rasman e’lon qilindi. Ular 4-dekabr kuni Dubayda bo‘lib o‘tadigan ALF League turnirining asosiy bahsida uchrashadi. Jang grappling qoidalari asosida o‘tadi, g‘alaba faqat raqibni taslim qilish orqali qo‘lga kiritiladi.
Hamzat Chimayev UFC o‘rta vazn toifasida 1-o‘rinda turadi, pound-for-pound reytingida esa 12-o‘rinda. Uning professional rekordi 15 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyatdan iborat.
Xorxe Masvidalning rekordi 35 ta g‘alaba va 17 ta mag‘lubiyatdan iborat. U yarim o‘rta vazn toifasida UFC jangchisi sifatida tanilgan.






