Terens Krouford ringga qaytishi mumkinligiga ishora qildi
Sobiq jahon chempioni Terens Krouford yana bitta jang o‘tkazishi mumkinligini aytib, Jervonta Devis va Rayan Garsiyaga chaqiriq tashladi.

Faoliyatini yakunlagan sobiq jahon chempioni Terens Krouford yana ringga qaytishi mumkinligiga ishora qildi. U ijtimoiy tarmoqdagi postida «Balki yana bitta jang o‘tkazarman!» deb yozib, Jervonta Devis va Rayan Garsiyaga chaqiriq tashladi.
Krouford 61,2 kg vaznda bo‘lganida Jervonta Devisni nokaut qilishini aytdi. U Devisni ko‘p gapirishda, ammo raqiblarini ehtiyotkorlik bilan tanlashda ayblab, Rayan Garsiyaga 72,6 kg (160 funt) vaznda jang qilish taklifini bildirdi.
Rayan Garsiya BOKS promotsiyasining welterveyt reytingida 3-o‘rinda turadi. Uning rekordi 26 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyatdan iborat. Krouford dekabr oyida faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi.






