Imavov Borralyoning o‘z so‘zlarini unga qarshi ishlatdi
Nassurdin Imavov ijtimoiy tarmoqda Kayo Borralyoga javob qaytarib, jang ball hisobi 50–45 ekanini yozdi.

O‘rta vazn bo‘yicha UFC jangchisi Nassurdin Imavov ijtimoiy tarmoqlarda Kayo Borralyoga keskin javob qaytardi. U raqibining bahona qidirishini masxara qilib, ball hisobi 50–45 ekanini yozdi.
Imavov Borralyoning o‘z so‘zlarini unga qarshi ishlatdi: «O‘zingni oqlashga tushmaysan, deb o‘ylagandim, bolakay. 50–45! O‘zing aytganingdek, bu o‘yinda darajalar bor!»
UFC o‘rta vazn reytingida Imavov 3-o‘rinda, Borralyo esa 6-o‘rinda turadi. Imavovning rekordi 17-4-0, Borralyoniki 18-2-0.
Manba







