Islom Maxachev Kolbi Kovingtonning chaqirig‘ini qabul qildi
Islom Maxachev Kolbi Kovingtonning kurash va padel bo‘yicha bellashuv taklifini qabul qildi hamda ustiga 100 ming dollar qo‘shishini aytdi.

Islom Maxachev UFC welterveyt chempioni Kolbi Kovingtonning chaqirig‘ini qabul qildi. Kovington u bilan kurash bo‘yicha bellashuvga chaqirgan edi, Maxachev esa uzoq o‘ylab o‘tirmadi.
Maxachevning so‘zlariga ko‘ra, ular kurashadi va padel ham o‘ynaydi. U Kovingtonning ikkala bahsda ham imkoniyati yo‘qligini aytdi hamda bellashuvga yana 100 ming dollar qo‘shishini bildirdi.
Kovington esa ushbu bellashuvdan tushgan daromadni xayriyaga yo‘naltirishni taklif qilgan. Maxachev 29-1-0 ko‘rsatkichi bilan UFC welterveyt chempioni hisoblanadi, Kovington esa 17-5-0 rekordiga ega.
Manba







