Jan Silva velosipedda ketayotganda avtomobil urib ketgan, u ataylab qilingan deydi
Braziliyalik jangchi Jan Silva haydovchi uni ataylab urib yuborgani va tovon talab qilayotganini aytdi.

Braziliyalik jangchi Jan Silva velosipedda ketayotganida avtomobil bilan to‘qnashib qolgani haqida xabar berdi. Uning ta’kidlashicha, haydovchi buni ataylab qilgan.
Silvaning so‘zlariga ko‘ra, u chetga chiqishga ulgurgan, ammo haydovchi avtomobilini to‘g‘ridan-to‘g‘ri unga va murabbiyiga qarab haydagan. Shundan so‘ng haydovchi uni haqorat qilib, voqea joyidan ketib qolgan.
Jan Silva voqeadan Arakaju shahri merini va tegishli idoralarni xabardor qilishni istashini aytdi. U yetkazilgan zarar uchun tovon talab qilmoqda va haydovchi o‘z qilmishi uchun javob berishi kerakligini ta’kidladi.
Manba






