Sanjar Zakirov va Muhammad Mokaev ACBJJ kamari uchun to’qnashadi
O‘zbekistonlik grepler Sanjar Zakirov va Muhammad Mokaev 20-dekabrda Dubayda ACBJJ kamari uchun bellashadi.

O‘zbekistonlik grepler Sanjar Zakirov va Muhammad Mokaev ACBJJ ligasida to’qnash kelishadi. Uchrashuv 20-dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tadi va 60 kg vazn toifasidagi katta unvon uchun o‘tkaziladi.
Posterda uchrashuv Arena Hamdan Sports Complex sport majmuasida o‘tkazilishi ko‘rsatilgan. Tomoshabinlar uchun chiptalar tez orada sotuvga chiqarilishi e’lon qililgan.
Muhammad Mokaev BRAVE CF tashkilotida pashshavazn toifasida chempion hisoblanadi. Ushbu jang uning jiu-jitsu bo‘yicha ishtirokidagi yangi bosqich bo‘ladi.
Manba






