Artyom Lobov Konor Makgregor haqida yangi da’volar bilan chiqdi
Konor Makgregorning sobiq yaqin do‘sti Artyom Lobov ular o‘rtasidagi mojaro bo‘yicha yangi da’volarni bildirdi.

Konor Makgregorning sobiq yaqin do‘sti va jamoadoshi Artyom Lobov ular o‘rtasidagi mojaro haqida yangi tafsilotlarni oshkor qildi. Lobovning so‘zlariga ko‘ra, Makgregor uning 60 yoshli onasini bolg‘a bilan tahdid qilgan hamda mashinasiga o‘t qo‘yishga uringan.
Lobov, shuningdek, Makgregor unga telefonda javob berishga jur’at qila olmaganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, qo‘ng‘iroqni ko‘rgan Makgregor qo‘rquvdan qattiq hayajonlangan.
Bir paytlar ajralmas do‘st bo‘lgan ikki jangchi o‘rtasidagi adovat tobora kuchayib bormoqda.
Manba







