Mangu 7 kardi uchun janglar e’lon qilina boshladi
12-dekabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Mangu Professional League 7 uchun janglar e’lon qilina boshladi.

12-dekabr kuni Toshkentda Mangu Professional League 7 kardi bo‘lib o‘tadi, va uning janglari e’lon qilina boshlandi. Hozircha kechada ishtirok etishi aniq bo‘lgan jangchilar orasida Hotambek Boynazarov, Amirxon Alihujaev va Umurzoq Ergashev bor.
Kard Toshkentdagi Alpomish muz saroyida o‘tkaziladi. Qolgan jang juftliklari hali e’lon qilinmagan, ularning ro‘yxati keyingi kunlarda to‘ldirilishi kutilmoqda.
Mangu uchun bu yil uchun so‘nggi kard bo‘lishi rejalashtirilgan.
Manba






