MMA

Aslamjon Ortiqov va Rodtang o‘rtasida jang bo‘lishi mumkin

Muxlislar ONE Championship rahbariyatidan Aslamjon Ortiqov va Rodtang o‘rtasidagi jangni tashkil etishni so‘ramoqda, Ortiqov esa taklif tushsa rozi bo‘lishini bildirdi.

Jang Vaqti1 daq. o‘qish

Aslamjon Ortiqov va Rodtang o‘rtasida jang bo‘lishi mumkin
Surat: Telegram · @Jangvaqti

Muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda Aslamjon Ortiqov va Rodtang o‘rtasidagi to‘qnashuvni qizg‘in muhokama qilib, ONE Championship rahbariyatidan bu jangni tashkil etishni so‘ramoqda. Ortiqov Rodtangga qarshi ringga chiqishga tayyor ekanini va taklif tushsa, albatta rozi bo‘lishini bildirgan. Hozircha jang rasman tasdiqlanmagan.

Ikkala jangchi ham Gran-prini tark etgan va navbatdagi raqibi hali aniqlanmagan. Ma’lumotlar bazasiga ko‘ra, Ortiqov ONE yengil vazn toifasida 1-o‘rinda, Rodtang esa 4-o‘rinda turadi.

Ortiqov 20-noyabr kuni Asadula Imangazaliev bilan bo‘lgan jangda split-qaror bilan mag‘lub bo‘lgan. Rodtang esa 13-noyabr kuni Nong-O Hama bilan uchrashuvda bir ovozdan qaror bilan yutqazgan.

Manba
0

Izohlar

Sportchilar

Yana o‘qing