Ramazon Temirov 24-oktabrda Lone Kavana bilan jang qiladi
Ramazon Temirov UFC 333 turnirida Lone Kavana bilan uchrashishi kutilmoqda. Jang ikkala jangchi uchun reytingdagi muhim sinov hisoblanadi.

Ramazon Temirov 24-oktabr kuni UFC 333 turnirida Lone Kavana bilan to‘qnashishi kutilmoqda. Ushbu jang UFC reytingida ikkala jangchi uchun muhim ahamiyatga ega. Hozirda Temirov pashshavazn reytingida 7-o‘rinda, Kavana esa 6-o‘rinda turadi.
Turnir Abu-Dabidagi Etihad Arena arenasida bo‘lib o‘tadi. Uning bosh jangida Aleksandr Volkanovski va Movsar Evloev o‘rtasida chempionlik uchrashuvi o‘tkaziladi.
Temirovning rekordi 20 ta g‘alaba va 3 ta mag‘lubiyatdan iborat. Xabarda ta’kidlanishicha, bu jang uning reytingda yuqorilash yo‘lidagi muhim sinovi bo‘ladi.
Manba






