UFC

UFC 335 turnirining to‘liq jang kartasi e’lon qilindi

UFC 335 turniri 12-dekabrda bo‘lib o‘tadi, asosiy kartada Oliveira – Lopes BMF kamari uchun jang bo‘lib, Pavlovich – Pereira og‘ir vaznda bellashadi.

Jang Vaqti1 daq. o‘qish

UFC 335 turnirining to‘liq jang kartasi e’lon qilindi
Surat: Telegram · @Jangvaqti

UFC 335 turnirining yangilangan to‘liq jang kartasi e’lon qilindi. Tadbir 12-dekabrda bo‘lib o‘tadi. Asosiy kartada Oliveira – Lopes o‘rtasidagi BMF kamari uchun jang bo‘lib, Pavlovich – Pereira og‘ir vazn bellashuvi ham o‘tkaziladi.

Asosiy kartada, shuningdek, Garri – Amosov (o‘rta vazn), Moreno – Johnson (pashsha vazn) va ayollar pashsha vazni bo‘yicha Barber – Judice janglari ham bor.

Prelims bosqichida Susurkaev – Pinas, Padilla – Hooper, Pasley – Tafa va Humphrey – Veretennikov janglari, erta prelims bosqichida esa Kavalkanti – Montegyu, Rojas – Konseysao hamda Xill – Dayer janglari o‘tkaziladi.

Charlz Oliveira UFC yengil vaznida reytingda 3-o‘rinda turadi, uning rekordi 37-11-0.

Manba

Sportchilar

Yana o‘qing