UFC

UFC 333 jangchilarining taxminiy gonorarlari ma’lum bo‘ldi

Aleks Volkanovski UFC 333 ishtirokchilari orasida eng yuqori taxminiy gonorarni oldi — $1 085 000.

Jang Vaqti1 daq. o‘qish

UFC 333 jangchilarining taxminiy gonorarlari ma’lum bo‘ldi
Surat: Telegram · @Jangvaqti

UFC 333 turnirida qatnashgan jangchilarning taxminiy gonorarlari ma’lum bo‘ldi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, eng yuqori summani Aleks Volkanovski oldi — $1 085 000. U 24-oktabr kuni Abu-Dabidagi Etihad Arenada o‘tkazilgan turnirning bosh jangida Movsar Evloevni ikkinchi raundda TKO bilan mag‘lub etgan edi.

Qolgan ishtirokchilarning taxminiy gonorarlari quyidagicha: Pyotr Yan — $820 000, Merab Dvalishvili — $450 000, Loni Kavana — $266 000, Aleksandr Volkov — $257 000, Movsar Evloev — $159 000.

O‘zbekistonlik Ramazon Temirov taxminan $61 000, Rizvan Kuniyev esa $55 000 oldi. Ko‘rsatilgan summalar taxminiy bo‘lib, rasmiy ma’lumot emas.

Manba

Sportchilar

Yana o‘qing