UFC

Volkov Siril Ganni yana mag‘lub etishga va’da berdi

Aleksandr Volkov amaldagi chempion Siril Gan bilan yana bir bor oktagonga chiqish istagini bildirib, keyingi jang natijasini hakamlar qo‘liga topshirmasligini aytdi.

Jang Vaqti1 daq. o‘qish

Volkov Siril Ganni yana mag‘lub etishga va’da berdi
Surat: Telegram · @Jangvaqti

Og‘ir vazn toifasi vakili Aleksandr Volkov amaldagi chempion Siril Gan bilan yana bir bor oktagonga chiqishni istashini bildirdi. U hozirgi og‘ir vaznda Ganni mag‘lub eta oladigan yagona jangchi ekanini aytdi.

Volkovning so‘zlariga ko‘ra, avvalgi jangda hakamlar uni nohaq mag‘lub etishgan. «Keyingi safar jang taqdirini hakamlar qo‘liga topshirmayman», — dedi u.

Volkov og‘ir vazn reytingida 2-o‘rinda turadi. U so‘nggi jangida 24-oktabr kuni Rizvan Kuniyevni bir ovozdan qaror bilan yenggan. Gan esa 15-noyabr kuni Josh Hokitga qarshi bir ovozdan qaror bilan g‘alaba qozongan.

Manba
0

Izohlar

Sportchilar

Yana o‘qing