Bahodir Jalolov IBA Nomad 16 doirasida Solomon Dacres bilan ringga chiqmoqda
IBA Nomad 16 tadbirining boks qismi boshlandi, o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov britaniyalik Solomon Dacres bilan jang qilmoqda.

IBA Nomad 16 tadbirining MMA qismi yakunlanib, endi boks oqshomi boshlandi. Tadbir doirasida o‘zbekistonlik boksyor Bahodir Jalolov Britaniyalik Solomon Dacres bilan ringga chiqmoqda. Jang hozir boshlanayotgani xabar qilingan.
Bahodir Jalolov tadbirda vatanimiz sharafini himoya qiladi. Jang natijasi haqida ma’lumot keyinroq e’lon qilinadi.
Manba





