Chimayev va Tsarukyan RAF 14 da g‘alaba qozondi
Xamzat Chimayev Robbi Louleni, Arman Tsarukyan esa Dillon Denisni Real American Freestyle 14 turnirida mag‘lub etdi.

Xamzat Chimayev Real American Freestyle (RAF) 14 turnirida Robbi Louleni 11:0 hisobida mag‘lub etdi. Arman Tsarukyan esa Dillon Denisni 10:0 hisobida yengdi. Bellashuv tugagach, Tsarukyan raqibining ustiga oyog‘ini qo‘ydi.
Ikkala sportchi ham UFC jangchilari. Chimayev UFC o‘rta vazn toifasi reytingida birinchi o‘rinda turadi. Tsarukyan yengil vazn toifasida ikkinchi o‘rinda turadi. Uning so‘nggi jangi 20-sentabr kuni UFC 331 turnirida bo‘lib, u Mauritsio Ruffini birinchi raundda TKO usulida yenggan edi.
Manba





