Temirov va Kavanagh UFC 333 oldidan vazn me’yorini bajardi
Ramazon Temirov va Loneer Kavanagh UFC 333 turniri oldidan tarozidan o‘tdi. Janglari ertaga Etihad Arena’da bo‘lib o‘tadi.

Ramazon Temirov va Loneer Kavanagh UFC 333 turniri oldidan vazn me’yorini bajardi. Tarozida Temirov 57,15 kg, Kavanagh esa 56,93 kg ko‘rsatkichni qayd etdi.
Jang 24-oktabr kuni Etihad Arena’da bo‘lib o‘tadigan UFC 333: Volkanovski vs Evloev turnirida bo‘lib, ikki jangchi bir-biriga qarshi chiqadi. Temirov 20 ta g‘alaba, 3 ta mag‘lubiyat bilan UFC pashshalar vaznida reytingning 7-o‘rinida turadi. Kavanagh 10-2-0 natija bilan 6-o‘rinda qayd etilgan.
Turnirning bosh jangida Aleksandr Volkanovski Movsar Evloev bilan unvon uchrashuvida to‘qnashadi.
Manba






