Hamzat Chimaev Kris Vaydmenni 10:0 hisobida mag‘lub etdi
Hamzat Chimaev RAF Abu Dhabi turnirida Kris Vaydmenni 10:0 hisobida quruq mag‘lubiyatga uchratdi.

Hamzat Chimaev RAF Abu Dhabi turnirida kutilganidek Kris Vaydmenni 10:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv kurash formatida o‘tkazildi, Chimaev rakib ustidan to‘liq ustunlik qildi.
Chimaev UFC da o‘rta vazn toifasida ishtirok etadi, uning professional MMA rekordi 15-1-0 ga teng. Hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, u UFC o‘rta vaznida birinchi o‘rinda turadi.
Kris Vaydmenning rekordi esa 16-8-0 ko‘rsatkichida qayd etilgan.
Manba







