Shavkat Rahmonovning qaytishi yana kechikishi mumkin
Xabarlarga ko‘ra, ikkinchi operatsiyadan keyin tizzasi og‘ir mashg‘ulotlarga hali bardosh bera olmayotgan Shavkat Rahmonovning oktagonga qaytishi 2027-yil iyunigacha cho‘zilishi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, UFC’ning yengil o‘rta vazn toifasidagi Shavkat Rahmonovning qaytishi yana kechikishi mumkin. Jarohatlangan tizzasi hali ham katta jismoniy yuklamalarga bardosh bera olmayapti, ikkinchi operatsiyadan keyingi tiklanish esa kutilganidan og‘irroq kechmoqda.
Hozirda Rahmonov kuniga bir marta yengil mashg‘ulot o‘tkazmoqda. U boks bilan shug‘ullanmoqda, ammo kurash mashqlariga hali qaytmagan.
Eng optimistik taxminlarga ko‘ra, uning oktagonga qaytishi 2027-yil iyun oyiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Rahmonov “Nomad” laqabi bilan tanilgan bo‘lib, UFC’dagi rekordi 19-0-0 ko‘rinishida.






