Dana Uayt: Rahmonov va Morales o‘rtasidagi jang ehtimoli bor
UFC prezidenti Dana Uayt Shavkat Rahmonov va Maykl Morales o‘rtasidagi jang ehtimoldan xoli emasligini aytdi.

UFC prezidenti Dana Uayt Maykl Morales va Shavkat Rahmonov o‘rtasidagi jang ehtimoldan xoli emasligini bildirdi. U bir nechta muhim janglar tez orada rasman e’lon qilinishini aytdi.
Dana Uayt yanvar va fevral oylari juda qiziqarli bo‘lishini kutayotganini ham ta’kidladi. Hozircha bu jang faqat ehtimol darajasida, rasmiy e’lon yo‘q.
Maykl Morales o‘rta vaznda (welterweight) 19-0-0 rekordi bilan chiqadi va UFC reytingida 3-o‘rinda turadi. Shavkat Rahmonov ham 19-0-0 rekordiga ega bo‘lib, Nomad laqabi bilan tanilgan.
Manba






