Merabning do‘sti mehmonxonadagi mushtlashuvda ikki kishiga zarba bergan
Tarqalgan kadrlarga ko‘ra, Merab Dvalishvilining 21 yoshli do‘sti mehmonxonadagi mushtlashuvda ikki kishiga kuchli zarbalar yo‘llagan, ulardan biri UFC jangchisi Tagir Ulanbekov ekani ta’kidlanmoqda.

Tarqalgan kadrlarda Merab Dvalishvilining 21 yoshli gruziyalik do‘sti mehmonxonadagi mushtlashuv davomida ikki kishiga kuchli zarbalar yo‘llagani ko‘rinmoqda. Ulardan biri UFC jangchisi Tagir Ulanbekov ekani ta’kidlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Dvalishvili bu voqea haqida gapirib, uni juda kulgili deb atagan va do‘stining yuzida faqat shu izlar qolganini aytgan. Ayni paytda Dvalishvili UFC bantamvazn toifasida birinchi o‘rinda turadi va 21-6-0 rekordiga ega.
Tagir Ulanbekov UFC pashshavazn toifasida chiqish qiladi va uning rekordi 17-3-0 ko‘rsatkichida.







