Fyodor Yemelyanenko Dana Uaytni keskin tanqid qildi
Afsonaviy jangchi Fyodor Yemelyanenko UFC rahbariyati uning faoliyatiga ataylab to‘sqinlik qilganini aytdi va Dana Uaytning biznes uslubini tanqid qildi.

Afsonaviy rus jangchi Fyodor Yemelyanenko UFC rahbariyati uning faoliyatiga ataylab to‘sqinlik qilmoqchi bo‘lganini aytdi. U erkin bo‘lganida tashkilot unga kerak bo‘lmagani, shartnomasi mavjud paytda esa takliflar kelgani haqida gapirdi. Jangchining fikricha, UFC uning karyerasini shunchaki bo‘g‘moqchi bo‘lgan.
Yemelyanenko Dana Uayt haqida ham keskin fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Uayt bugun bir gapni, ertaga boshqa gapni aytadi. Jangchi o‘z so‘ziga javob bermaydigan insonning biznes yuritish uslubi unga yoqmasligini ta’kidladi. Uni afsona deb hisoblash esa har kimning o‘z ishi ekanini qo‘shimcha qildi.





